Kun.uz’ga Navoiy şahridagi umumta’lim maktablaridan birining ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi tomonidan murojaat kelib tuşdi. Unda ta’kidlanişiça, Navoiy şahridagi “Comprehensive Media” MÇJ özlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda suratga olinayotgan badiiy filmda rol beraman deya maktab öquvçilarini aldab, ularning ota-onasidan pul undirgan. Navoiy viloyati IIB esa filmni suratga olişda hamkorlik qilinmaganini, faqat ayrim sahnalarda kömaklaşilganini ta’kidlayapti.

“19 iyun kuni noma’lum raqamdan bir qiz qönğiroq qildi. Raqamimni maktabimizning ma’naviyat işlari böyiça direktor örinbosari bergan ekan. Qönğiroq qilgan qiz Navoiyda kino olinayotganini, aktyorlik qobiliyati bor öquvçilar bölsa kastingga qatnaşişi uçun olib borişimni aytdi. Özim mehnat ta’tilida edim. Demak, rahbariyatga aytilgan ekan, degan öyda 3 nafar öquvçini olib bordim.

Ular bir dunyo va’dalar berib, öquvçilarimni qiziqtirib qöyişdi. Ertasi kuni esa ota-onalar farzandlari kinoga tuşişi uçun 2 mln söm tölab, şartnoma imzolaşdi. Ana endi na kinodan, na puldan darak bor. Keyin bilsak uşbu firibgar tuzoğiga tuşgan bir biz emas ekanmiz”, deya bildirgan murojaatçi öz murojaatida.

Tahririyatga taqdim qilingan şartnomada körinişiça, “Comprehensive Media” MÇJ direktori Uçqunboy Röziqulov uşbu mablağlarni göyoki homiylik yordami sifatida qabul qilgan. Ammo ana şu “homiylik yordami” uçun MÇJ tomonidan aniq summa belgilangan hamda buning evaziga suratga oliş jarayonida fuqaroning iştirokini ta’minlaş majburiyatini olgan. Demak, “homiylik” niqobiga öralgan uşbu kelişuv ortida aslida ma’lum bir mablağ evaziga xizmat taklif qilinyapti.

Şartnomaning yana bir nuqtasi e’tiborni tortadi. Agar şartnoma bekor qilinsa tölangan “homiylik” mablağlari qaytarilmasligi körsatib ötilgan. Ya’ni agar keyinçalik öquvçi filmda suratga tuşişni istamay qolsa, rejissyorga tölagan puli unga qaytarilmaydi: körsatilmagan xizmat yoki bajarilmagan majburiyat uçun pul olişning bu usulida firibgarlik holati oşkora böy körsatib turibdi.

“Rejissyor”ning tuzoğiga faqat Navoiy viloyati emas, qöşni Samarqand viloyatidan ham “bölajak aktrisalar” ilingan. Ikkita viloyatda yuzlab bu kabi şartnomalar tuzilgan bölişi mumkin.