Rossiya Federatsiyasining Ikkinçi Ğarbiy okrug harbiy sudi sobiq aktyor Kirill Kanaxinni davlatga xiyonatda ayblab, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda 26 fevral, duşanba kuni Rossiya agentliklari. Aniqlik kiritilişiça, mahkama yopiq eşiklar ortida va sudlanuvçining iştirokisiz ötgan.
41 yoşli Kanaxin ilgari «Gluxar» seriali va «Teatr Luny»da öynagan hamda «Uçastkovyy» va «Prostyye istiny» seriallarida iştirok etgan. «Interfaks» agentligi keltirgan hukm matniga köra, sobiq aktyor 2018 yilda Rossiya hududini tark etgan va Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşlanganidan keyin, 2022 yil avgustida u «Rossiya köngillilar korpusi» (RDK)ga qöşilgan.
Ayblov tomonining ta’kidlaşiça, u korpus tarkibida Xerson viloyatida rus qöşinlariga qarşi jangovar harakatlarda, şuningdek, ötgan yil mart va may oylarida Bryansk va Belgorod viloyatlari hududida RDK harbiy reydlarida qatnaşgan. Xususan, prokuratura ma’lumotlariga köra, Bryansk viloyatining Lyubeçan qişloğida 2023 yil 2 mart kuni RDK jangçilari ikki mahalliy aholini öldirgan va 10 yoşli bolani yaralagan. RDKning uşbu qotilliklarga aloqadorligini mustaqil tasdiqlaş imkoniyati yöq.
Sobiq aktyor RDK reydlari paytida videoda köriniş berdi
Hukm uçun dalillar uşbu reydlar paytida suratga olingan videolar bölib, ularda Kanaxin «M8L8TX» blek-metal guruhining solisti, avval Donbassda Ukraina tomonida jang qilgan Aleksey Levkin bilan birga bölgan. 2023 yil mart oyida Kanaxin Rossiyada federal qidiruvga berilgan va aprel oyida u sirtdan hibsga olingan. Levkin ham öşa yilning may oyida qidiruvga berilgan edi.
«Rossiya köngillilar korpusi» - Ukraina tomonida jang qilayotgan qurolli tuzilma, ammo faqat Rossiya fuqarolaridan iborat. RDK jangçilarining bayonotlariga köra, ular maqsadi «öz yerlarini rejimdan ozod qiliş». Rossiyada RDK terrorçi taşkilot sifatida tan olingan.
Ukraina tomonida jang qilayotgan «Rossiya köngillilar korpusi» va «Rossiya ozodlik legioni» bir neça bor Rossiyaning Ukraina bilan çegaradoş viloyatlarida reydlar uyuştirganini ma’lum qilgan. Rossiya Içki işlar vazirligi uşbu tuzilmalarning bir neça a’zolarini qidiruvga bergan.

















