AQŞ Televideniye va radio artistlari federatsiyasi hamda Kinoaktyorlar gildiyasi (SAG-AFTRA) Kino va televideniye prodyuserlari alyansi (AMPTP) bilan öz a’zolariga 9 noyabr, payşanba kunidan boşlab 118 kunlik iş taşlaşni tugatişga imkon beruvçi taxminiy kelişuvga erişganini ma’lum qildi. SAG-AFTRA'ning X (sobiq - Twitter) sahifasida e’lon qilingan bayonotda: «biz 1 milliard dollardan ortiq favqulodda qiymatdagi kelişuvga erişdik», deyiladi.
Şartnoma minimal tölovlarni oşirişni, federatsiya a’zolarini «sun’iy intellekt tahdidlari»dan himoya qiliş çoralarini öz içiga oladi va birinçi marta «oqimli efirdagi iştirok uçun bonusni» öz içiga oladi.
Taxminan 160 000 kişidan iborat aktyorlar kasaba uyuşmasi 14 iyul kuni iş taşlaşni boşladi, bu AQŞ kinosanoatidagi barça işlab çiqarişni amalda töxtatdi. Aktyorlar maoşlarni oşiriş, qöşimça işlaganlik uçun kompensatsiya tölaş va kinoda sun’iy intellektdan foydalanişni çeklaşni talab qilgan.
Iş taşlaşlar kinosanoatiga milliardlab dollar zarar keltirdi
Aktyorlarning iş taşlaşi Amerika ssenariy mualliflari gildiyasining 2 may kuni boşlangan noroziliklari ortidan bölib ötdi. 11 500 dan ortiq ijodkorlar hamjamiyati Kino va televideniye prodyuserlari alyansi bilan mehnat şaroitlarini yaxşilaş borasida kelişmovçiliklar tufayli ommaviy iş taşlaş uyuştirdi. 9 oktyabr kuni tomonlar kelişuvga erişdi va ssenariy mualliflarining noroziligi tugadi.
Financial Times ma’lumotlariga köra, bu yil Hollivudda ssenariy mualliflari va aktyorlarning iş taşlaşi sohaga 5 milliard dollardan ortiq zarar yetkazgan. Xususan, Warner Bros. kinostudiyasi noyabr oyiga rejalaştirilgan «Dyuna» fantastik blokbasterining ikkinçi qismini çiqarişni 2024 yil martiga köçirişga majbur böldi. Bundan taşqari, iş taşlaşlar sababli «Emmi» va «Oskar» mukofotlarini topşiriş marosimlari qoldirildi.
Iş taşlaşlar striming servislariga ham ta’sir körsatdi. Şu tariqa, Amazon «Periferik qurilmalar» serialining ikkinçi mavsumini suratga olişdan voz keçişga qaror qildi, Apple TV+ esa «Metropolis» seriali loyihasini yopdi.

















