Sport | 22:48 / 31.10.2016
5448
1 daqiqa o‘qiladi

Nolito: "Manchester Siti" "Barselona"ni yutadigan kun keladi

Foto: valioliiga.com

"Manchester Siti" hujumchisi Nolito Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turida "Barselona"ga qarshi uy maydonidagi uchrashuv arafasida "shaharliklar" kataloniyaliklarni yutadigan kun albatta kelishiga ishonch bildirdi. Luis Enrike shogirdlari "Kamp Nou"dani birinchi uchrashuvda "shaharliklar"ni 4:0 hisobida mag‘lub etishgandi. Bu "Barsa"ning Chempionlar Ligasida "Siti" ustidan ketma-ket 5-g‘alabasi bo‘lgandi. 

"Biz "Barselona"ni yutadigan kun keladi. Biz ertaga g‘alaba uchun kurashishimiz lozim: u bizga keyingi bosqichga chiqishimiz uchun zarur. Biz qanday raqibga to‘qnashayotganimizni bilamiz, biroq natijaga erishishga harakat qilamiz", deb aytdi futbolchi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid