NYT: AQSh prezidentlik saylovida 20 mlndan ortiq saylovchi muddatidan avval ovoz berib bo‘lgan
AQSh saylovchilarining 20 milliondan ortig‘i AQSh prezidentligi uchun saylovlarda muddatidan avval ovoz berib bo‘lgan, deb yozmoqda The New York Times.
"Mamlakat bo‘ylab kamida 21 mln kishi ovoz berishga ulgurgan. Saylov natijalariga sezilarli ta'sir ko‘rsata oladigan Florida, Kolorado va Nevada shtatlaridagi ovoz beruvchilarning salkam chorak qismi allaqachon o‘z huquqlaridan foydalanishgan", — deb yozadi gazeta.
The New York Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, garchi ovozlar saylov kunigacha hisoblanmasa-da, saylov uchastkalarida ro‘yxatdan o‘tgan demokratlar tarafdorlari respublikachilarga qaraganda ko‘proqdir. Bu holat ayniqsa, Shimoliy Karolina, Kolorado va Nevada shtatlariga xos.
Demokratik partiya saylovchilarni jalb qilish borasida ancha sifatli ishlarni amalga oshirmoqda va respublikachilarga nisbatan ko‘proq mablag‘ sarflamoqda, deb yozgan nashr.
"Ammo, elektron pochta bilan bog‘liq so‘nggi mashmasha, Tramp va respublikachilar g‘alabaga umid qila olmaydigan bir vaqtda saylovchilarning Hillari Klintondan voz kechishiga olib kelishi mumkin", — deb yozgan bu safargi prezidentlik saylovida Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlagan gazeta.
Odatda respublikachilarga yonbosuvchi OAV, jumladan Fox News telekanali Klinton atrofidagi navbatdagi mojarodan so‘ng, o‘z ovozini o‘zgartirishni xohlaganlar saylovchilar 8 noyabrgacha o‘z qarashini o‘zgartirib, boshqa nomzodga ovoz berishlari mumkinligini yodga olgan. AQShning 7ta shtatida bunga ruxsat beriladi.
Noyabr oyining sakkizinchi kunida, prezidentlik saylovidan tashqari, vakillar palatasi, senatning uchdan biri, qator shtatlar gubernatorlari va aksariyat shtatlar qonun chiqarish organlari uchun ham saylovlar tashkil etiladi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024