Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng qisqa aviamarshrutdan foydalangan millioninchi yo‘lovchiga maxsus sovg‘a topshirildi
Foto: The Guardian
Shotlandiyaning Loganair aviakompaniyasi 1967 yildan buyon qatnaydigan, Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan dunyodagi eng qisqa 2700 metrlik muntazam marshrut bo‘ylab o‘zining millioninchi yo‘lovchisini tashib o‘tdi. Shotlandiya Qirollik banki xodimi Enn Rendalga familiyadoshi - sakkiz o‘rinli samolyot komandiri Aleks Rendal tomonidan guldasta va sertifikat topshirildi. Millioninchi yo‘lovchi Uestrey orolidan Uestrey Ota oroligacha parvozni amalga oshirgan. Bu haqida Daily Express nashri ma'lum qildi.
Parvoz atigi 47 soniya davom etgan. Enn Rendal orollar o‘rtasida parvoz qilib, Loganair xizmatlaridan 10 ming marta foydalangan. U moliyaviy masalalarni muhokama qilish uchun 70 oroldan iborat arxipelagning turli jamiyatlariga tashrif buyurgan.
Britten-Norman Islander samolyotlaridan foydalanuvchi aviakompaniya boshqaruvchi direktori Jonatan Hinklning so‘zlariga ko‘ra, "bizning noyob yo‘nalishimiz orollar aholisi uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega". "U o‘quvchilar, o‘qituvchilar, politsiya xodimlari va boshqa kasb egalarining kundalik ishlarida juda muhimdir", - deydi Hinkl.
Mavzuga oid
12:24 / 19.11.2025
Shotlandiyada drama. Yevropada JChning yana besh ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi
07:20 / 24.07.2025
WSJ Trampning press-pulidan chiqarib tashlanadi
10:53 / 30.03.2025
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
15:47 / 26.03.2025