Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Shotlandiyalik tadqiqotchilar Yerdagi qadimgi hayot to‘g‘risidagi tasavvurlarni shubha ostiga qo‘ydi. Ular prototaksit deb ataluvchi, turli xil toifalarga kirmaydigan organizmni o‘rganib, unga hech qanday mavjud toifa tegishli emas, degan to‘xtamga kelishdi, deb yozmoqda Hi-Tech nashri.

Foto: tumblr.com
Prototaksitlar — taxminan 400 million yil avval yashagan, 8 metrgacha o‘sgan g‘aroyib strukturalar hisoblanadi. XIX asrdayoq bu toshga aylangan jismlar topilgan, ammo ularni avval daraxt, keyin qo‘ziqorin, hatto suvo‘t hisoblashgan. Ammo Edinburg universiteti olimlari o‘tkazgan yangi mikroskopik va kimyoviy tahlillar bu gipotezalarni rad etmoqda.
«Biz ularni hech qanday ma’lum toifa bilan bog‘lay olmadik. Prototaksitlar na qo‘ziqorin, na o‘simlik, na boshqa hujayrali jonzotlarga o‘xshaydi. Ular o‘zgacha hujayraviy tuzilmaga ega», — deyiladi tadqiqot xulosasida.
Mutaxassislar fikricha, prototaksitlar o‘ziga xos eukariot hayot shakli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ular kech silur va devon davridagi botqoq landshaftlarda yashagan va o‘sha paytdagi oddiy paporotniklar va yulg‘unlar orasida haqiqiy gigantlar bo‘lib ko‘ringan.
Bu organizmlar qadimgi ekotizimlarda qanday rol o‘ynagani noma’lum. Balki ular evolyutsiyaning bir qismi sifatida paydo bo‘lib, keyin yo‘qolgan. Biroq ularning mavjudligi hayot rivoji qanchalar noodatiy va xilma-xil bo‘lishi mumkinligini yana bir bor isbotlaydi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

11:05 / 11.01.2025
Uzoq Shotlandiya orolini boshqaradigan “menejer” qidirilmoqda. Hududda odamlar yo‘q, faqat dengiz qushlari bor

22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi

11:37 / 17.08.2024
Shotlandiya orollarida Yerdagi muzlik davriga oid muhim dalillar topildi

20:53 / 29.04.2024