Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Respublikasidagi Inha universiteti Qabul komissiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
2016 yilning 4 noyabridan 8 noyabrigacha Koreya Respublikasidagi Inha universiteti Qabul komissiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Toshkentdagi Inha universiteti matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Tashrifdan maqsad - Koreya Respublikasidagi Inha universitetida ta'lim olish uchun Jungseok International School of Global Studies (Jungseok ISGS, Global tadqiqotlar xalqaro maktabi) dasturi doirasida talabalarni tanlab olishdir.
“Jungseok ISGS” dasturi yoshlarga Koreya Respublikasidagi Inha universitetida ta'lim olish hamda global tadqiqotlar sohasida bakalavr darajasini olish imkonini beradi. Dastur tomonidan a'lochi talabalarga grantlar ko‘zda tutilgan.
Mazkur dastur global biznes sohasida yetakchilarni tayyorlashga qaratilgan hamda xalqaro biznes, xalqaro savdo, moddiy-texnik va madaniy boshqaruv sohasidagi asosiy mavzularni qamrab oladi. Barcha kurslar ingliz tilida o‘tiladi.
Dastur shuningdek, talabalarga koreys tili va Koreya Respublikasi madaniyatini o‘rganish imkoniyatini ham taqdim etadi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026