Jahon | 07:09 / 01.11.2016
4578
1 daqiqa o‘qiladi

Obama prezidentlik lavozimidan ketgach tvitterdagi akkauntidan mahrum bo‘ladi

Foto: Loren Elliott ZUMAPRESS/ globallookpress

AQSh prezidenti Barak Obama prezidentlik lavozimidan ketgach, tvitterdagi akkauntidan mahrum etiladi. @POTUS nomli akkaunt yangi prezidentga topshiriladi, deb yozmoqda Politico nashri.

Yangi prezidentga Barak Obamaning toza akkaunti tegadi, undagi barcha xabarlar o‘chirib tashlanadi. Obamaga tegishli bo‘lgan xabarlar yo‘qolib ketmasligi uchun maxsus yaratilgan  @POTUS44 sahifasiga ko‘chirib o‘tkaziladi.

Xuddi shunday ish Obamaning rafiqasi Mishel Obama, uning matbuot kotibi va vitse-prezident akkauntlari bilan ham qilinadi. O‘zgarishlar barcha ijtimoiy tarmoqlar, shu jumladan Facebook va Instagram’ga taalluqli bo‘ladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid