Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voronejlik ekstremal Yoqutiston shimolidagi taygada 100 kundan ortiq yashadi
Voronejlik 32 yoshli Andrey Solovyov 100 kundan ortiq vaqt davomida Yoqutiston shimolidagi Labinkir ko‘li bo‘yidagi uyda yashab kelmoqda. Ekstremalning aloqa vositalari yo‘q, u sayohatga o‘zi bilan birga issiq kiyiminigina olgan. Bu haqida TJ nashri xabar berdi.
Eng yaqin aholi punkti Solovyov turgan uydan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan. U bilan voronejlik sayohatchining taqdiriga qiziqqan Rossiya geografiya jamiyatining Oymyakon bo‘limi vakillari muloqot qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Solovyov bu atroflarda bir necha bor yovvoyi hayvonlarga duch kelgan bo‘lishiga qaramay, o‘zi bilan birga qurol olib ketmagan.
"Labinkirga kelayotganimda yo‘lda ayiqni uchratdim. Uning vazni taxminan 200 kilogrammcha edi, mendan 150 metr naridan o‘tib ketdi. U dastlab meni ko‘rmadi, men fotoapparatni olib, uni tasvirga tushirdim. Ayiq menga qarab kelayotgan edi, ammo negadir yaqinlashmay qochib ketdi. Yaqinda ertalab turib chiqib, bug‘uni ko‘rdim", - deydi Aleksandr.
Sayyoh bu yerlarda bahorga qadar qolishni rejalashtirmoqda. Kuchli sovuq va shamol uni qo‘rqita olmaydi — Solovyov o‘zini bunga tayyor, deb hisoblaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tomtordan Labinkirgacha bo‘lgan 325 kilometr masofani 10 kunda piyoda bosib o‘tgan. 70 kilogrammli yukini esa ikkiga ajratib tashigan.
Aleksandr o‘zi bilan ortiqcha oziq-ovqat va kiyim-kechak olmagan, baliq hamda o‘simliklar zahiralari bilan oziqlanadi.
"Men tonggi soat 6da uyqudan turaman. Ko‘l muzlamasidan avval u yerda cho‘milayotgandim, hozir esa qor bilan artinyapman. Shundan so‘ng nonushta qilaman. Peshingacha o‘tin yorish bilan shug‘ullanaman, so‘ng ko‘l atrofida aylanaman, ba'zan tog‘larga chiqaman. Mahalliy hududni sayr qilaman, taxminan 5-7 kilometr piyoda yuraman, undan uzog‘iga bormayman", - deydi Aleksandr.
Mavzuga oid
07:47 / 14.04.2026
Dunyo xaritasidagi eng ulkan ma’muriy hududlar
17:05 / 10.04.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari qanday?
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
11:22 / 20.03.2026