Özbekiston siyosiy partiyalari seşanba kuni öz saytlarida nomzodlarining saylovoldi dasturlarini e'lon qildi.

Özbekiston «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Narimon Majidoviç Umarovning saylovoldi dasturi şunday nomlandi: «Kuç — adolatda!»

Tarixan qisqa davr – mustaqilligimizning çorak asri davomida yurtimizda ijtimoiy yönaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat yaratiş, adolatli fuqarolik jamiyatini şakllantiriş, fuqarolar tinçligi va milliy totuvlikni ta'minlaş, xalq farovonligini oşirişga qaratilgan tizimli va keng kölamli islohotlar amalga oşirildi. Mamlakatimiz barqaror va izçil rivojlanib, demokratlaştiriş va modernizatsiyalaş jarayonlari tobora çuqurlaşib bormoqda.

Ulkan qiyinçiliklarga, ayniqsa, mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillarida yengib ötişga töğri kelgan muammolar, tahdid va sinovlarga qaramasdan, jamiyat va davlat hayotining barça jabhalarida, mamlakatimizda mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etiş, erkin va farovon hayot quriş borasida yuksak marra va natijalarga erişildi. Bu yillar içida Özbekiston iqtisodiyoti qariyb 6 barobar ösdi. Bugungi kunda mamlakatimiz ilgarigi qoloq, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olgan agrar ölkadan, aholisining hayot darajasi va sifati izçil yuksalib borayotgan, iqtisodiy salohiyati tobora ortib, jadal sur'atlar bilan taraqqiy etayotgan zamonaviy industrial davlatga aylandi.

Jumladan, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod köpaydi, iş haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oşdi. Har yili Davlat byudjyetining qariyb 60 foizi soğliqni saqlaş, ta'lim, kommunal xöjalik va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş bilan boğliq boşqa sohalarni rivojlantiriş uçun yönaltirilmoqda. Jahon amaliyotida kam uçraydigan bunday körsatkiçlar amalga oşirilayotgan islohotlarning markazida inson turişi, ularning boş maqsadi insonning hayotiy va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş va himoyalaşga qaratilganidan dalolat beradi. Eng muhimi, ötgan davr mobaynida fuqarolarimizning ijtimoiy ongi va siyosiy faolligi sezilarli darajada oşdi.

Istiqlol yillarida hayotga tadbiq etilgan islohotlar va ularning yuksak natijalarini e'tirof etgan holda, biz mamlakatimizning bundan keyin ham izçil taraqqiy etişi, rivojlangan zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga kirişi tarafdorimiz. Şu bilan birga, xalqimiz uçun munosib hayot şaroiti yaratişga qaratilgan yangi vazifalarni, marralarni belgilaş va ularga erişiş borasidagi sa'y-harakatlarimizni sifat jihatidan yuqori bosqiçga kötarişimiz lozim, deb bilamiz va şuning uçun partiyamizning dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib çiqqan holda, parlamentda özini muxolif deb e'lon qilgan kuç sifatida saylovçilarga muqobil dasturimizni taklif etmoqdamiz. Zero, biz yaşayotgan murakkab, globallaşuv asrida erişilgan natijalar bilan kifoyalanmasdan, davrning tobora ortib borayotgan talablariga uyğun va hamohang bölib qadam taşlaydigan mamlakatgina muvaffaqiyat qozonişi mumkin.