Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan jinoyat sodir etişda gumon qilinib 2020 yilda respublika böyiça qidiruvda bölgan 9 790 nafar şaxsdan 6 761 nafari yoki 75 foizi uşlanmagan. Bu haqda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Narimon Umarov 23 aprel kuni bölib ötgan yalpi majlisda aytib ötdi.

Senatorning ta'kidlaşiça, 2020 yilda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlaş, ularni keltirib çiqarayotgan sabab va omillarni bartaraf etiş böyiça kamçiliklarga barham berilmagan. Respublika böyiça röyxatga olingan 62 081 ta jinoyatning 41 087 tasi yoki 66 foizi oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlar toifasiga kiradi.

Umumiy jinoyatçilik 34,7 foizga köpaygan, oğir va öta oğir jinoyatlar 49 foizga, jumladan, qasddan odam öldiriş 13, badanga oğir şikast yetkaziş 13, nomusga tegiş 27,7, bosqinçilik 18,5 foizga ortgan.

Eslatib ötamiz, afğonistonlik Ismoil Safo va uning jiyani işonçiga kirib, ularni çuv tuşirişda gumonlanayotgan Faxriddin Xuşvaqtovga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş töğrisida sirtdan ajrim çiqarilgan va u 2019 yili respublika miqyosida qidiruvga berilgan bölsa-da, haligaça qölga olinmayotgani haqida Kun.uz jurnalistik suriştiruv e'lon qilgan edi.

Suriştiruv e'lon qilingaç, Toşkent şahrining öşa vaqtdagi prokurori Bahriddin Valiyev hamda Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari Zafar Alimov Faxriddin Xuşvaqtovga nisbatan e'lon qilingan qidiruv yuzasidan maxsus xodimlar ajratilgani, qidiruv jadallaştirilişini ma'lum qilgandi.

Firibgarlik va boşqa bir qator jinoyatlarni sodir etişda ayblanayotgan bu şaxsga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi ayni paytda jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy sudida körib çiqilmoqda.