Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Ekologiya qömitasining belgilangan davrda amalga oşirgan işlari hisoboti eşitildi. Şuningdek, qömita raisi örinbosari senatorlar bergan savollarga javob berdi.

Yalpi majlisda senator Narimon Umarov qömita hisobotidan qoniqmaganini, moratoriy davri tugaşiga oz muddat qolgani, lekin közga körinarli iş olib borilmaganini tanqid qildi. Uning sözlariga köra, hukumat tomonidan qömitaga yetarliça vakolatlar berilgan bölsa-da, bundan foydalanilmagan.

«Men Ekologiya qömitasining bu axborotidan qoniqmadim. Çunki qonunda ham, Vazirlar Mahkamasi qarorida ham hamma vakolatlar berilgan. Prezident özi mutlaq vakolat berdiki, şundan foydalaniş kerak edi. Moratoriy tugaşiga 6 oy qoldi.

Ekspertiza degan mexanizm bor, quriliş boşlanişidan oldin ekspertiza ötkaziladi, ruxsat berilmasa, bankdan işni töxtatadi va mablağni köçirtirmaydi. Qömita şu mexanizmdan foydalanmayapti, ekspertiza boşqa dunyo, qömita boşqa bir dunyo: ekspertiza bergan xulosani, qömita inspektorlari bermaydi.

Iqtisodiy jarimalar sizlarning qölingizda, Vazirlar Mahkamasiga çiqinglar, inflatsiya bölyapti. Töxtab qolgan joyi yöq-ku, 2010 yildagi qaror bilan 5 yoki 6 baravar jarima bilan işlayapsiz. Prezident aytyapti-ku, iqtisodiy jazolarni kuçaytiringlar deb. Daraxt ekaman-ekmayman, kesaman-kesmayman – bu şunçaki gap, soat uçdan keyin kessa, birov qölidan uşlamaydi, xohlagan işini qiladi. Şu ma'noda qömita mexanizmdan mutlaqo foydalanmayapti.

Şuning uçun taklifim, 15 kun muhlat beriş kerak, şu vaqt içida qonunçilikka özgartiriş kiritiş taklifini tayyorlab, hukumatga va Senatga taqdim qilsin. Hozir biz 1 soatdan beri nimani muhokama qilyapmiz, moratoriyga 6 oygina qolgan bölsa.

Qömitada 10 yil avval men ham rais bölganman. Avvalgi va hozirgi şaroitlarni taqqoslab bölmaydi, foydalaniş kerak, xolos.

Şunça vaqtdan beri bizning vaqtimizni oldi: eski gap, eski toğora. Yaşil iqtisodiyotga ötiş degani nima – aslida ekologiyaning talablariga mos rivojlaniş kerak emasmi? Yaşil iqtisodiyot alohida yuribdi, qömita alohida yuribdi. Ozgina bölsa ham bilim bölişi kerak-ku bu sohada», deya fikr bildirdi senator.

Senat raisi Tanzila Norboyeva moratoriy aslida qömitaga sohadagi işlarni tartibga soliş uçun imkoniyat bölganini ta'kidladi. 

«Belgilangan moratoriy qömita uçun imkoniyat edi. Şu muddatda aynan şu işlarni töğrilab olişingiz uçun moratoriy berilgan. Moratoriy davrida kesilmasin-da keyin kesilaversin degani emas. Qonunçilikni takomillaştiriş, mexanizmlarni qayta körib çiqiş, jamoatçilik bilan aloqalarni örnatiş – barçasini yölga qöyib oliş uçun imkon edi. Moratoriy davri tugagandan söng işlangan mexanizm öz-özidan işlab ketilaverardi, afsuski moratoriyga 6 oy qoldi, lekin heç narsa tayyor emas», dedi Tanzila Norboyeva.