Jahon | 09:19 / 02.11.2016
12631
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika Rossiyaga kiberhujum qiladi

Foto: World Bulletin

AQSh prezidenti Barak Obama rossiyalik xakerlarning kiberhujumlariga javob berish muddatini aniqlaydi, deya bayonot bergan Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Jon Kerri. U Wired nashriga bergan intervyusida shu haqda so‘z yuritgan.

«Munosib javob qaytarishga allaqachon qaror qilingan. Bu chora prezident tomonidan belgilangan muddatda qo‘llaniladi va bu siz uchun ko‘rinmasligi ham mumkin. Shunday ekan, hech kim xakerlar xurujiga qarshi javob bermasdan, jim qarab o‘tirgani yo‘q», — degan Kerri.

U shuningdek xalqaro kiberhujumlar muammosini «xavfli» deb, bu bilan turli mamlakatlar hukumatlari barobarida yakka xakerlar ham shug‘ullanishini qayd etgan. Shu bois, bu masalada ehtiyotkorlik va mas'uliyatni his qilish kerak, deya fikr bildirgan AQSh davlat kotibi. 

Bundan avval, Amerika Federal qidiruv byurosi rahbari Jyeyms Komi Rossiyani xakerlik hujumlarida ayblashga qarshi chiqqan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid