Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: 10 yil ichida 800 dan ko‘proq jurnalist o‘ldirilgan
Foto: Getty Images
Oxirgi 10 yil ichida dunyoda o‘z kasbiy faoliyati uchun 800 dan ko‘proq jurnalist o‘ldirilgan va ularning qotillaridan bor-yo‘g‘i 10 foizigina jazo olgan, deb xabar berilmoqda BMT saytida.
"Bu jinoyatlardan 10 tasidan 9 tasida bu jinoyatni sodir etganlar jazodan qutulib qoladilar. Jazolanmaslik jurnalistlarga nisbatan zo‘ravonliklarning davom etishiga omil bo‘lmoqda va tegishli choralarni qabul qilishni talab qiladi", deb aytildi BMT bayonotida.
Ta'kidlanishicha, 2013 yilda BMT Bosh assambleyasining 68-sessiyasida 68/163-sonli rezolyutsiya qabul qilingan, unga ko‘ra 2 noyabr Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolanmaslikni to‘xtatish xalqaro kuni deb e'lon qilingan. Rezolyutsiya BMTga a'zo davlatlarni jazolanmaslikka qarshi aniq choralar qabul qilishga qat'iy chaqiradi. Ta'kidlanishicha, ushbu sana 2013 yil 2 noyabrda Malida o‘ldirilgan 2 nafar fransuz jurnalisti xotirasiga o‘rnatilgan.
Bu rezolyutsiya shuningdek BMTga a'zo davlatlarni jurnalistlar va OAV xodimlariga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish uchun ularga bog‘liq barcha ishni amalga oshirishni, jurnalistlarga qarshi jinoyatlar sodir etganlarni javobgarlikka tortishni ta'minlash va ularni sudga topshirish, jabrlanganlarga huquqiy himoyaning tegishli vositalarini ta'minlashga chaqiradi.
Mavzuga oid
20:22 / 03.02.2026
Samarqandda 4 erkak non olib kelish uchun do‘konga ketayotgan 14 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
21:10 / 21.01.2026