AQŞ prezidenti Donald Trampning turmuş örtoği — Melaniya 2 mart kuni BMT Xavfsizlik kengaşi majlisiga raislik qiladi. Bu haqda 26 fevral, payşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida AQŞning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts ma’lum qildi.

«Melaniya Tramp AQŞ birinçi xonimasi sifatida ilk bor Xavfsizlik kengaşiga raislik qiladi — Amerikaning kengaşdagi raisligi boşlangan birinçi kunning özida», — deb yozdi u. «BMTni yana buyuk qilamiz!» — deya qöşimça qildi Uolts.

Melaniya Tramp idorasida uning çiqişi «Mojaro şaroitida bolalar, texnologiyalar va ta’lim» mavzusiga bağişlanişi aytildi. U yerda ta’kidlanişiça, asosiy urğu ta’limga — «butun dunyo böylab bağrikenglik va tinçlikni ilgari suriş usuli» sifatida qaratişga beriladi. Melaniya Tramp avvalroq Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzi davomida RF tomonidan olib ketilgan ukrain bolalarini Kiyevga qaytariş tarafdori bölib çiqqan.

Reuters keltirişiça, BMT vakili «bu 15 a’zodan iborat Xavfsizlik kengaşi majlisiga amaldagi jahon yetakçisining turmuş örtoği raislik qiladigan ilk holat böladi», deb aniqlik kiritgan. Odatda Xavfsizlik kengaşi majlislariga rotatsiya böyiça mamlakat-vakilning elçisi yoki vazirlar mahkamasining yuqori lavozimli a’zosi raislik qiladi.

The Guardian gazetasi şu munosabat bilan AQŞning sobiq birinçi xonimi Eleonora Ruzvelt BMTda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi loyihasini işlab çiqişga yordam berganini eslatgan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uydagi birinçi muddatidan boşlab BMTni oçiq tanqid qilib keladi: u xalqaro taşkilot samarasiz, uni isloh qiliş kerak, deb aytgan. Reuters eslatişiça, AQŞ BMT budjetiga a’zolik badallari böyiça milliardlab dollar qarzdor.

Brifingda «Melaniya Trampning çiqişi taşkilot uçun ijobiy belgi hisoblanadimi?» degan savolga javob bergan BMT boş kotibi vakili Stefan Dyujarrik bu qadam AQŞning Xavfsizlik kengaşi va uning kun tartibiga qanday ahamiyat qaratayotganini «ta’kidlab turibdi», dedi.

Tramp ötgan hafta BMTga nisbatan yanada yaraşuvçan ritorikada çiqiş qildi. «Tinçlik kengaşi» amalda (deyarli töliq — tahr.) Birlaşgan Millatlar Taşkiloti faoliyatini nazorat qiladi va uning tegişliça işlaşini kuzatib boradi», — dedi Tramp 19 fevral kuni. «Biz BMTni mustahkamlaymiz. Uning obektlarini yaxşi holatda uşlaymiz. Biz unga moliyaviy jihatdan yordam beramiz», — deb va’da qildi u.

BMT avvalroq şu oyda AQŞdan taxminan 160 mln dollar (136 mln yevro) miqdorida badal kelib tuşganini ma’lum qilgan. Şu bilan birga, Vaşingtonning badallar böyiça qarzi 4 mlrd dollardan (3,3 mlrd yevro) oşib ketgan.