Jahon | 10:05 / 02.11.2016
3905
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada cherkovdagi sun'iy g‘or qulashi oqibatida kamida 10 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: EPA

Braziliyaning markaziy qismidagi Santa-Mariya shahri yaqinida joylashgan cherkovda baxtsiz hodisa yuz berdi. Voqea diniy bayram nishonlanayotgan vaqtda sodir bo‘lgan, deb xabar qilmoqda BBC telekanali. Buning oqibatida kamida 10 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 

Qayd etilishicha, sun'iy g‘orsifat binoda taxminan 50 kishilar bo‘lgani aytilmoqda. Ular Barcha avliyolar kunini nishonlayotgan bo‘lgan. 4 kishining jarohat olgani xabar qilinmoqda. 

Hozircha, sun'iy g‘orning qulab tushishi sabablari noma'lum. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid