Fransiyada Hellouin vaqtida diniy radikallarning libosini kiyib olgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: VVS
Fransiyada o‘tgan Hellouin vaqtida politsiya qo‘lida qurol maketi bo‘lgan erkakni hibsga oldi.
Voqea Tuluza shahrida ro‘y berdi. Guvohlarning tasdiqlashicha, 26 yashar erkak qora va yashil ranglardagi libosni kiyib olgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olish vaqtida u politsiya nima uchun uni hibsga olayotganini tushunmagan. "Hellouinda nima istasang shuni qilish mumkin-ku", - degan u politsiya xodimlariga.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, uning niyatida yomonlik bo‘lmasada, unga nisbatan qurol ishlatgan holda odamlarga xavf solish va terrorizmni qo‘llab-quvvatlash aybi qo‘yilgan.
Mavzuga oid

21:31 / 20.01.2024
Seul politsiyasi rahbari 2022 yilgi Hellouin bayramida 158 kishi o‘limida ayblandi

12:51 / 30.10.2022
Seulda bayramdagi tiqilinch: qurbonlar soni 150 dan oshdi, ular orasida o‘zbekistonlik ham bor

23:20 / 29.10.2022
Janubiy Koreyada Hellouinni nishonlash paytidagi tiqilinchda yuzdan ortiq odam halok bo‘ldi

19:48 / 01.11.2021