Fojia Seulning köplab tungi klublar, tunda ham işlaydigan kafe va restoranlar joylaşgan Itaewon tumanida röy bergan. Bu yerda kovid çeklovlari bekor qilinganidan buyon ilk bor ommaviy bayram tadbirlari ötkazilgan.
Mahalliy rasmiylarga köra, qurbonlarning aksari ösmirlar va 20 yoş atrofidagi yoşlardir.
Yonhap agentligiga köra, qurbonlarning 97 nafari ayollar, 54 nafari erkaklar. Yana 82 kişi jabrlangan, ularning 19 nafari oğir ahvolda. Şifoxonaga yotqizilganlarning aksarini yoş ayollar taşkil etadi.
Xabarlarga köra, xiyobondagi odamlar kafega maşhur şaxs kelganini eşitgaç, u yerga qarab şoşilişgan va tor köçada tiqilinç yuzaga kelgan.
Öt öçiriş xizmati vakili qurbonlar orasida xorijliklar ham borligini ma’lum qilgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, 22 nafar xorijlik halok bölgan, jumladan Xitoy, Eron, Özbekiston, Rossiya va Norvegiya fuqarolari.
Özbekistonning Janubiy Koreyadagi elçixonasi Seuldagi tiqilinçda vafot etgan özbekistonlik haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, sönggi ma’lumotlarga köra, uşbu mudhiş voqeada bir nafar Özbekiston fuqarosi vafot etgan. Elçixona yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatida yordam kerak bölsa, elçixonasi konsullik bölimi hamda Janubiy Koreyadagi özbekistonliklar uyuşmasiga zudlik bilan murojaat qilişga çaqirgan (elçixona: 010-6802-1969, uyuşma: 010-8495-0027).
TIV matbuot xizmati Özbekistonning yana bir fuqarosi jarohat bilan şifoxonaga yotqizilgani, uning ahvoli qoniqarli deb baholanayotganini ma’lum qildi.
«Vaziyat Elçixona nazoratiga olingan, marhumning jasadini vatanga olib keliş bilan boğliq konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalar hal qilinmoqda, Özbekiston fuqarosi joylaşgan tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa örnatilgan.
Marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz va Koreya Respublikasi hududida bölgan Özbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Seuldagi Elçixonasiga murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötamiz», deyiladi xabarda.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda milliy motam e’lon qildi. Şoşilinç çaqirilgan yiğilişdan keyin u yaradorlarga operativ yordam körsatiş guruhini taşkil qilişga körsatma berdi.
Dunyoning qator mamlakatlari rahbarlari, jumladan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham hodisa yuzasidan hamdardlik bildirdi.
«Prezident Şavkat Mirziyoyev Seul şahri markazida yuz bergan fojia oqibatida köplab insonlar halok bölgani munosabati bilan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolga ta’ziya yölladi.
Davlatimiz rahbari qurbon bölganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohat olganlar tez fursatda soğayib ketişlarini tiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Foto: Getty Images
Seulda şu kuni sönggi uç yil içida ilk bor heç qanday koronavirus çeklovlarisiz Hellouin bayrami ötkazilgandi. Aprel oyida kovidga çaliniş bilan boğliq yangi holatlar keskin kamayişi ortidan Janubiy Koreyada bar va restoranlarda komendantlik soati bekor qilingan, şuningdek öndan ortiq odam bir joyda töplanişiga ruxsat berilgandi. May oyida mamlakatda niqob taqiş talabi bekor qilindi.
Bu Janubiy Koreyada 2014 yildan buyon röy bergan eng yirik fojia böldi, öşanda «Sevol» paromi halokatga uçraşi oqibatida 304 kişi, asosan maktabning yuqori sinf öquvçilari halok bölgandi.












