Jahon | 21:30 / 02.11.2016
4516
2 daqiqa o‘qiladi

Nobel mukofoti sovrindorlari sammiti Kolumbiyada bo‘lib o‘tadi

Foto: © AFP

16-sondagi Nobel mukofoti sovrindorlari sammiti 2017 yilning 2-5 fevral kunlari Kolumbiya poytaxti Bogotada bo‘lib o‘tadi, deb ma'lum qildilar RIA “Novosti” axborot agentligiga tadbir tashkilotchilari.   

Tadbirda turli yillarda tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindorlari – Sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbachev, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos, Kosta-Rikaning sobiq prezidenti Oskar Arias, Polshaning sobiq prezidenti Lex Valensa, JARning sobiq prezidenti Frederik Villem de Klerk, Shimoliy Irlandiyaning sobiq birinchi vaziri lord Devid Trimbl, Sharqiy Timorning sobiq prezidenti Joze Ramush-Orta, huquq himoyachilari Shirin Obodiy  (Eronning birinchi huquqshunos ayoli), Tavakul Karman (Yaman), "Tunis milliy muloqoti kvarteti" va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Sammit tashkil etilgandan beri birinchi marotaba Lotin Amerikasida bo‘lib o‘tadi. 2017 yilgi sammit o‘tadigan joy sifatida bejizga Kolumbiya tanlanmadi, chunki 2016 yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga Kolumbiya hukumat qo‘shinlari va Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari o‘rtasida 50 yildan ko‘proq davom etgan fuqarolik urushini tugatishga qaratilgan sa'y-harakatlari uchun topshirildi.

Sammit nafaqat jamoatchi va siyosiy yetakchilar, balki Nobel jamiyatining barcha jonkuyar a'zolari, turli davlatlar yoshlari va talabalari uchrashadigan joydir. Bu sammit oxirgi marta 2015 yilda Barselonada bo‘lib o‘tgandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid