Jahon | 20:54 / 02.11.2016
7465
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya Suriya bilan chegaraga zirhli texnikalarini to‘plamoqda
Turkiyaning Suriya bilan chegarasi hududidagi Kilis shahriga mamlakat qurolli kuchlari tarkibidagi zirhli mashinalar keltirilmoqda.
Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, harbiy mashinalarni jandarmeriya otryadlari qo‘riqlab bormoqda.
Turkiya bosh shtabida qayd etilishicha, bu Suriya bilan chegara hududini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam hisoblanadi.
Bundan oldinroq, Turkiya Mudofaa vazirligidagilar Iroq bilan chegaradagi vaziyatning istalgan yo‘nalishlarda rivojlanishiga tayyor turilishini ma'lum qilgandi.
O‘z navbatida mamlakat TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li Turkiya Suriya va Iroq hududlariga da'vo qilmasligini aytib o‘tgan.