IŞID jangarilari Suriya hududidan turib Turkiya janubiga raketa yölladi. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.

Xabar qilinişiça, raketa çegara hududdagi Kilis şahriga kelib tuşgan. Kamida bitta raketa aholi gavjum bölgan savdo-sotiq hududiga kelib tuşgan.

Tibbiyotçilarning ma'lum qilişiça, 6 kişi jarohatlangan, ularning 5 nafari bolalardir. Jabrlanganlarning barçasi suriyalik qoçqinlar ekani ma'lum bölgan. Jabrlanuvçilar şifoxonaga yetkizilgan, ularning hayotiga xavf tahdid solmayapti.

2016 yil boşidan buyon Suriya şimolidagi IŞID nazorati ostidagi hududdan Turkiya hududiga yöllangan raketa zarbalari oqibatida Kilisda 21 kişi halok bölgan, 80 kişi jarohatlangan. 22 sentabr kuni kelib tuşgan raketa Turkiya harbiylari Suriyada 24 avgust kuni "Frot qalqoni" amaliyoti boşlaşidan beri ilk marta raketa kelib tuşişi böldi.

"Frot qalqoni" amaliyoti doirasida Suriyaga tanklar va artilleriya bölimlari hamda maxsus topşiriqli harbiylar olib kirildi. Amaliyotdan asosiy maqsad - çegara hududini IŞID jangarilaridan tozalaş hisoblanadi. Keyinroq, bu amaliyot kurdlarga qarşi ekani ham ma'lum böldi. Turkiya IŞIDdan ozod qilingan hududlarni Suriya muxolifatiga olib bermoqda.