Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kilisga raketa tushishiga javoban Turkiya Suriya shimolida IShIDga zarba berdi
Turkiya artilleriyasi va harbiy samolyotlari Suriya shimolidagi IShID jangarilarini bombardimon qildi. Hujum Kilis shahriga raketa yo‘llangan nuqtalar bo‘ylab amalga oshirilgan. Bu haqda Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq, Kilisga Suriya hududidan uchirilgan raketa kelib tushgani haqida xabar berilgandi. Natijada, 6 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi. Keyinroq hududga yana bir raketa tushgan va 2 bola jarohatlangan.
"Raketa yo‘llangan nuqtaga qarata artilleriyadan 64ta snaryad uchirildi. Shuningdek, F-16 samolyotlari Suriya shimolidagi Al-Rai, Ixtimalat va Al-Atxaniyax tumanlariga havo zarbalari berdi", deyilgan xabarda.
Bosh shtab xabarida qarshi hujum orqali IShIDning ko‘plab jangarilari yo‘q qilingani, aniq ma'lumotlar kelib tushmagani aytilgan.
Mavzuga oid
08:48
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
08:40 / 13.05.2026