Jahon | 08:44 / 02.11.2016
3890
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela muxolifati Maduroga nisbatan surishtiruvlarni to‘xtatdi

Foto: Getty Images

Venesuelaning muxolif parlamenti mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan surishtiruv ishlarini to‘xtatdi. Parlament rahbariyati kelasi haftada hukumat bilan bo‘lib o‘tajak muzokaralar arafasida shunday yo‘l tutishga qaror qilgan. O‘zaro muloqotda mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy inqirozdan chiqish masalalari muhokama etiladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Xabarlarga ko‘ra, muxolifat mamlakat hukumati uch nafar faolini ozodlikka chiqarganiga javoban shunday qaror qabul qilgan. 

Bundan tashqari, muxolifat 3 noyabrga belgilangan, prezident saroyiga ko‘pming kishilik norozilik yurishini ortga surgan. Bu aksiyada, Maduroni qonun chiqaruvchi organ qarori bilan iste'foga chiqqan deb e'lon qilinishi kutilayotgan edi. 

Avvalroq, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro «Demokratik birlik bloki» muxolifati vakillari bilan Karakasda ilk bora uchrashgani xabar qilingan edi.


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid