Jahon | 00:31 / 02.11.2016
9557
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada pulni sanash o‘rniga tarozida o‘lchash afzal ko‘rilmoqda

Foto: Bloomberg

Venesuelada milliy valyuta – Venesuela bolivarining qadrsizlanishi va giperinflyatsiya tufayli sotuvchilar xaridorlarning pulini sanash o‘rniga tarozida tortishni afzal ko‘rmoqdalar, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Sotuvchilar katta miqdordagi pullarni sanash uzoq vaqt olishi va qiyin bo‘lgani sababli uning vaznini o‘lchash osonroq degan qarorga kelishgan.

Karakaslik sotuvchi Umberto Gonzales "endi pishloq uning vazniga teng bo‘lgan pul pachkasi" kabi turishini ta'kidlab o‘tdi.

Ta'kidlanishicha, hamma do‘konlarda ham pullar o‘lchash orqali qabul qilinmayapti, biroq ularning soni tobora oshib bormoqda. 

Xaridorlar do‘konga pullarni qoplarga  joylagan holda bormoqdalar. Mamlakat hukumati inflyatsiya haqidagi rasmiy ma'lumotlarni chop etishdan bosh tortmoqda. Ba'zi norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, u 200 dan 1500 foizgachani tashkil qilishi mumkin. 

Shu bilan birga hukumat yangi qog‘oz pullar ishlab chiqarishni rejalashtirmayapti. Ayni vaqtda mamlakatdagi eng katta qiymatdagi pul birligi 100 bolivarlik qog‘oz pul hisoblanadi. Hozirda uning qiymati mamlakatdagi eng kichik qiymatdagi tanga 1 sentimoga tenglashib qolgan.

Biroq vaziyatdan xabardor manbaning aytishicha, hukumat 500, 1000, 5000, 10000 va hattoki 20000 lik qog‘oz pullarni tayyorlab qo‘yishga norasmiy ko‘rsatma bergan. Bu jarayonni tezlashtirish uchun qog‘oz pullarning dizaynini o‘zgartirmay, faqatgina ularning rangini o‘zgartirish va zarur nollarni qo‘shib qo‘yish rejalashtirilmoqda. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid