Özbekiston Markaziy banki boşqaruvi 17 iyun kungi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoliş töğrisida qaror qabul qildi.

Regulyatorning qayd etişiça, may oyi yakunlariga köra yillik inflatsiya 5,5 foizgaça tuşgani – ötgan yilgi yuqori baza ta’sirlarining çiqib ketişi bilan boğliq.

“Inflatsiyaning barqaror tarkibiy körsatkiçlari dinamikasi, içki talabning yuqori şakllanişi hamda taşqi iqtisodiy noaniqliklar pul-kredit şaroitlarini qat’iy darajada saqlab qolişni taqozo etmoqda”, – deyiladi rasmiy izohda.

Regulyator press-relizi

May oyida umumiy inflatsiya yillik 5,5 foizni taşkil etdi va prognoz trayektoriyasi doirasida şakllandi. Uşbu pasayişga asosan ötgan yilgi energiya tariflari oşirilişining bevosita ta’sirlari tugaşi hissa qöşdi.

Şu bilan birga, inflatsiyaning barqaror tarkibiy körsatkiçlari özgarişsiz şakllanmoqda. Xususan, bazaviy inflatsiya 5,7 foiz darajasida şakllanib, xizmatlar inflatsiyasi sekinlaşişi bilan bir qatorda oziq-ovqatlar inflatsiyasida tezlaşiş qayd etildi.

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayişda davom etib, moliya sohasi ekspertlarining uzoq muddatli kutilmalari ham ijobiylaşgan.

Iqtisodiy faollikning yuqori sur’atlari saqlanib qolmoqda. Xususan, çakana savdo, xizmatlar sohasi, turizm va investitsiyalar hajmining yuqori ösişi iqtisodiyotda yalpi talabning barqarorligini körsatdi. Şu bilan birga, sönggi oylarda budjet xarajatlarning faollaşişi kelgusi çoraklarda ham iqtisodiy faollik va talab omillarini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.

Joriy yilning iyun oyidan energiya resurslari tariflarining oşirilişi inflatsiyaga qisqa muddatli ta’sirga ega böladi. Tariflarning bevosita ta’siridan taşqari, transport va işlab çiqariş xarajatlari bilan boğliq ikkilamçi omillar ham kelgusi çoraklarda inflatsiya dinamikasida namoyon bölib boradi.

Markaziy bank 2026 yil yakunlari böyiça inflatsiyaning 6,5 foiz atrofida şakllanişi hamda iqtisodiy ösişning 7-7,5 foiz oraliğida bölişi böyiça prognozlarini saqlab qoldi.

Ayni paytda iqtisodiyotda şakllangan real ijobiy foiz stavkalari aholi va biznesning jamğariş faolligini rağbatlantiriş, kreditlaşning muvozanatli ösişini ta’minlaş hamda inflyatsion bosimlarni çeklaşga xizmat qilmoqda.