Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanadi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 noyabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kechasi 3-5, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Shamol tezligi ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
14:05 / 13.06.2026
Juda issiq ob-havo homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026