Jahon | 21:31 / 03.11.2016
6260
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Germaniyani Gulenni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Foto: © RIA

Germaniya turk muxolif imomi Fathulla Gulenning tarafdorlari uchun boshpanaga aylangan, deb aytdi 3 noyabrda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Germaniya ichki ishlar vazirligi o‘tgan haftada Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin turk diplomatik pasportlariga ega 35 kishi Germaniyada boshpana so‘raganini rasman tasdiqladi.

"Biz ularga terrorchilik tashkiloti a'zolarini berishni taklif qilganimizda, Germaniya bunga roziligini, ular bizga og‘ir jinoyatlarda ayblanayotganlarni bera olishlarini, biroq siyosiylarni bera olmasliklarini aytishadi. Biz doimo aytib kelamiz, terrorchilik tashkiloti misli chayon kabidir, bir kun o‘girilib chaqib oladi. Men Germaniya taqdiridan xavotirdaman. Bu mamlakat terrorchilar boshpanasiga aylangan, u terrorchilik tashkiloti a'zolarini himoya qilishni afzal ko‘rmoqda", deb aytdi Erdo‘g‘an Anqarada madaniyat arboblarini mukofotlash marosimida.

Uning aytishicha, Anqara Germaniya kansleri Angela Merkelga Germaniyada bo‘lgan Gulenning tarafdorlari ayblarini isbotlovchi 4 ming hujjat topshirgan.

"Yevropa Ittifoqining eng muhim davlati terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashini hech tushunolmayman. Agar Germaniya terrorchilar Gulenning tarafdorlari yoki yo‘qligiga shubha qilayotgan bo‘lsa, Anqaraga, parlamentga kelsinlar va 15 iyulda nima sodir bo‘lganini ko‘rsinlar. Ular Gulenning tarafdorlari Turkiyada ushlanayotganlarini xavotir bilan kuzatayotganlarini aytmoqdalar. Biz esa ularning gaplarini nafaqat xavotir, balki ko‘rquv bilan kuzatmoqdamiz. Bizning ichki qonunchiligimiz hech kimni tashvishlantirmasligi kerak", deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid