19:28 / 03.11.2016
4265

Xalqaro forum platformasida Huawei hamkorlikning yangi rakursini izlamoqda

Joriy yilning 3 - 6 noyabr kunlari «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida "Media, reklama i zamonaviy texnologiyalar” Toshkent Xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirning Bosh hamkori Huawei kompaniyasi («Huawei Tech Investment Tashkent» MChJ ChK)dir .

Ushbu forum mass-media bozorining turli ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun interfaol maydoncha yaratish, media-kontentni shakllantirish va yetkazishga innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish, shuningdek, reklama-marketing strategiyalari va yurtimiz media-bozorini rivojlantirish istiqbollari sohasida tajbira va g‘oyalar almashishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston bozorida 16 yildan ziyod vaqtdan beri faoliyat yuritayotgan Huawei kompaniyasi forumda Xitoy va AQShdan taklif etilgan xalqaro ekspertlari tomonidan bir necha mavzularda so‘zga chiqishni rejalashtirgan.

“Media sohasida bulutli muhitni o‘zgartirish” deb nomlangan taqdimotda AKT sohasidagi yangi dunyo trendlari, informatsion texnologiyalar tizimida transformatsiya arxitekturasi hamda global bozorning media sanoatini rivojlantirishda Huawei yangi texnologiyalarining roli haqida so‘zlab beriladi.

- Media, reklama i zamonaviy texnologiyalar” Toshkent Xalqaro forumi biz uchun korporativ segmentdagi (Enterprise) o‘z yechimlarimizni ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat. Bu yil aynan shu segmentga katta urg‘u bermoqdamiz. Biz Huawei kompaniyasi brendi nafaqat sifatli smartfonlar va telekommunikatsiya jihozlari bilan, balki davlat va korporativ sohalar uchun bir qator boshqa yechimlar bilan ham bog‘liqligini, ular yordamida u yoki bu yo‘nalishning samaradorligi va natijasini yaxshilash mumkinligini ko‘rsatish niyatidamiz.

Bizning kompaniya media-industriya uchun maxsus tezkor va qudratli platformani namoyish etishga tayyor. U bir lahzada katta videomateriallarni qayta ishlash va mamlakatning istalgan burchagiga sifatli yetkazishga qodir. Ushbu forumda biz bulutli texnologiyalar va mazkur trendni Huawei bilan birgalikda rivojlantirish imkoniyatlari haqida oshkor (ochiq) aytishga tayyormiz, - deb izoh berdi Huaweining O‘zbekistondagi Bosh direktori janob Van Pen.

Ta'kidlash kerakki, “Tanishuvlar sessiyasi” ko‘rgazmasi doirasida Huawei kompaniyasi korporativ segmentdagi o‘z innovatsion yechimlariga bag‘ishlangan stendni namoyish etadi, unda tashrif buyuruvchilar “Havfsiz shahar” (Safe City), «Aqlli uy» (Smart Home) va “Raqamli O‘zbekiston konsepsiyasi” kabi yechimlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Huawei kompaniyasi forum doirasida media industriya kompaniyalari va mamlakat aholisining farovonligi va ijtimoiy havfsizligini oshirishga qaratilgan o‘z ishining samaradorligini yaxshilash istagida bo‘lgan bir qator davlat tashkilotlari bilan hamkorlikning yangi rakursini shakllantira olishga umid qilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Top