Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada parlamenti islomofobiyaga qarshi qonunni tasdiqladi
Kanada parlamenti 26 oktabr kuni islomofobiyaga qarshi qonunni qabul qildi. Bunga nafaqat mamlakat, balki butun dunyo bo‘ylab musulmonlarga uyushtirilayotgan hujumlar sabab bo‘ldi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu qonunni qabul qilish uchun parlamentga ma'lum vaqt kerak bo‘ldi. Kanadaning 70 000 fuqarosi islomofobiyani qoralab, onalyn-petitsiyani imzoladi. Mazkur petitsiya 2016 yilning 8 iyunida joriy qilindi va shu yilning 6 oktabrida uni imzolash xotimasiga yetdi.
"Biz, quyida o‘z imzosini qoldirgan Kanada aholisi va fuqarolari Jamoatchilik palatasini ekstremistlar - islom dini namoyondalari emasligini tan olishga hamda islomofobiyaning barcha shakllarini qoralashda bizga qo‘shilishga chaqiramiz", - deyiladi petitsiyada.
Ish parlamentga borib taqalganda parlamentning konservativ a'zolari bir ovozdan bu qonunni tasdiqlashdi.
Liberal deputati Umar Aljabra hujjatning ijobiy va ramziy ekanligini aytdi.
Kanadalik musulmonlar milliy kengashi rahbari Amira Al-Javabiy mamlakatdagi islomofobiya harakatlari - Qur'oni Karimning yoqib yuborilishi, aksilislom plakatlari, musulmonlarga hujum kabilarni inobatga olgan holda bu hujjatning anchadan beri talabgor bo‘layotganini ta'kidladi.
Kanada musulmonlar forumi prezidenti Samir Mazjoubning so‘zlariga ko‘ra, Monrealdagi masjidga uyushtirilgan bir qator hujumlardan so‘ng parlamentda bu ish qayta muhokamaga qo‘yildi.
Mavzuga oid
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026