Meksika ortidan jahon çempionatining yana bir mezboni turnirdagi ilk öyinini ötkazdi. Ammo Kanadaning öyini u qadar muvaffaqiyatli çiqmadi – Torontoda Bosniya va Hersegovinaga qarşi öyin durang hisob bilan yakunlandi. Mezbonlar ikkinçi bölimda amallab mağlubiyatdan qutulib qolişdi.

Kanada – Bosniya va Hersegovina 1:1
Gollar: Lukiç, 21 (0:1). Larin, 78 (1:1)
Kanada: Krepo, De Fujyerol, Kornelius, Lareya, Jonston, Euştakiu (Osorio, 90+1), Kone, Millar (Ahmad, 61), Byukenen (Şaffelberg, 61), J. Devid (P. Devid, 61), Oluvaseyi (Larin, 76)
Bosniya va Hersegovina: Vasil, Muharemoviç, Katiç, Kolaşinats (Burniç, 83), Dediç, Tahiroviç, Başiç (Gigoviç, 61), Memiç (Şuniç, 74), Bayraktareviç (Alaybegoviç, 74), Demiroviç, Lukiç (Bajdar, 61)
Ogohlantirişlar: Jonston, 12. De Fujyerol, 53 – Demiroviç, 44. Lukiç, 45. Katiç, 90

Bosniya va Hersegovina tarkibida kutilmaganda jamoa yetakçisi va ramzi – 40 yoşli Jyeko zaxira örindiğida qoldirildi. Şu tariqa, ikki jamoa ham özining asosiy yulduzlarisiz öynaydigan böldi.  Kanadaliklar safida «Bavariya» himoyaçisi Devis ham yöq edi, u jarohatidan hali butunlay foriğ bölmagan.

Öyin boşlangani haqidagi huştak çalinişi bilan Kanada oldinga taşlandi, ammo ilk golli vaziyat Bosniya va Hersegovinada yuzaga keldi. Sergey Barbarez şogirdlari standart vaziyat orqali yöllangan ilk zarbasini golga aylantirişi mumkin edi. Krepo qöriqlayotgan darvoza qarşisida Memiç töpga barçadan oldin ulgurdi, ammo uning zarbasi darvoza tösini yuqorisidan ötib ketdi. Umuman olganda, öyinning dastlabki qismi bosniyaliklar ustunligida ötdi. Jamoa 4-4-2 sxemasida harakatlangan bölsa-da, töpni tezkorlik bilan oldingi çiziqqa yetkazib berdi va yevropaliklar yakkakuraşlarda ham yaxşiroq harakatlanişdi. Kanadaliklar esa öyindagi ilk zarbasini faqat 17-daqiqaga kelib yölladi, ammo Devid 12 metr masofadan turib tepgan töp darvozabon Vasilning qöliga borib tuşdi.

Bosniyaliklar standart vaziyatlardan xavf tuğdirişda davom etdi va birinçi bölim örtalarida navbatdagi burçak zarbasi hisob oçilişiga olib keldi. Töp avvaliga yaqin ustun oldiga yetkazildi, u yerda turgan Kolaşinats töpni markazga oşirdi, Lukiç esa töp uçun kuraşda himoyaçidan ildamroq harakatlandi va terma jamoadagi ilk golini nişonladi.

Hisobda oldinga çiqib olgaç Bosniya va Hersegovina jamoasi çuqur himoyaga yotdi. Kanada bu devorni buzib ötişga qiynaldi. Mezbonlar birinçi bölim davomida darvoza sohasiga töğri borgan atigi bitta zarba yölladi, xG böyiça körsatkiç 0,64 körinişini oldi. Jamoa ön marta burçak töpi işladi, ammo bosniyaliklar ikkinçi qavatda barça töplarni yutib olişdi.