Jahon | 18:14 / 03.11.2016
11787
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev yadro qurolidan nima uchun voz kechilganiga oydinlik kiritdi

Foto: Facebook/AkordaPress

Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyev yadro kallaklaridan voz kechish sabablarini ma'lum qildi. Davlat rahbari Yaponiyaning NHK teleradiouzatishlar korporatsiyasi va «Kiodo Tsusin» axborot agentligi jurnalistlari bilan suhbatida shu haqda ma'lum qilgan

"Fikrimcha, o‘z poligonini yopgan va yadro qurolidan voz kechgan Qozog‘iston butun insoniyatga erkin nafas olish imkonini berdi. Bu mamlakatda qancha miqdorda yadroviy qurol borligini tasavvur qiling. 

Bu har qanday insonning qo‘liga tushishi mumkin edi. Bugun men prezidentman. Boshqa biri ham bo‘la oladi. Kim qanday kayfiyatda keladi va mamlakatim bilan nima bo‘ladi, bu qurolga qanaqa yondashiladi? 

Shu boisdan ham, biz bu raketalarni va uzoq masofalarga parvoz qiluvchi bombardimonchi aviatsiyani, biz uchun zarur bo‘lgan harbiy samolyotlar, jangovar texnikalarga almashtirishga qaror qildik. Yadro kallaklaridagi yoqilg‘ini pulladik va investitsiya sifatida ishlatdik", - degan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Nazarboyev, shuningdek, yadroviy qurolsizlanish borasida Qozog‘iston va Yaponiya istiqboliga oid fikrlari bilan ham o‘rtoqlashgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid