Light | 13:22 / 03.11.2016
13503
2 daqiqa o‘qiladi

Yuqori oqsilli parhezning asosiy foydasi ma'lum qilindi

Foto: the-pool.com

Yuqori oqsilli parhez olti haftada jigardagi yog‘larni 48 foizga qisqartiradi. Bunda insonning hayvon yoki o‘simlik oqsillarini iste'mol qilishi ahamiyatsiz. Germaniyaning Inson oziqlanishi instituti olimlari ana shunday qaror qabul qilishdi. Gastroenterology jurnalida chop etilgan mazkur tadqiqot natijalarini EurekAlert nashri chop etdi. 

Olimlar tadqiqot davomida ikki xil variantdagi yuqori oqsilli parhezning metabolizmga ta'sirini o‘rganib chiqishdi. Tadqiqotda 49 yoshdan 78 yoshgacha bo‘lgan 2-turdagi  qandli diabet va aksariyat hollarda, jigardagi yog‘ kasalligidan aziyat chekuvchi kishilar ishtirok etishdi. Bir variantda oqsil manbai o‘simlik mahsulotlari (non, no‘xat, lapsha), ikkinchisida esa - hayvon mahsulotlari (yog‘siz sut mahsulotlari, oq go‘sht, baliq) bo‘ldi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barcha ishtirokchilarning jigari hamda lipid almashinuvida ijobiy o‘zgarishlar yuz bergan, shuningdek insulinga nisbatan sezuvchanlikning yaxshilanishi, qondagi fibroblastlar o‘sish omili bo‘lgan gormon darajasining sezilarli pasayishi kuzatilgan. Mazkur gormonning yuqori konsentratsiyasi ortiqcha vaznga ega kishilarga xosdir. 

Jigarning noalkogol yog‘li kasalligi Yevropa va AQShda eng ko‘p tarqalgan surunkali jigar kasalligi hisoblanadi. Bu kasallikni davolamaslik 2-turdagi qandli diabet va jigar tserroziga olib kelishi mumkin. 
 

Mavzuga oid