Raqamli yeçimlarning ösiş tendensiyasini hisobga olgan holda Özbekiston Endokrinologlar milliy assotsiatsiyasi (keyingi örinlarda ÖEMA) va akademik Y.X.Töraqulov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi örinlarda RIEITM deb yuritiladi) tomonidan qandli diabet bilan kasallanganlar uçun “Diabet maktabi” raqamli ta’lim platformasini yaratiş töğrisida qaror qabul qilindi.

Uşbu loyihaning vazifasi bemorlarga tölaqonli hayot keçirişga, kasallikni töğri nazorat qilişga, terapiyada kerakli natijalarga erişişga yordam berişdir. Diabet maktabi qandli diabetning 1-turiga çalingan odamlar, şuningdek, ularning atrofidagilari: ota-onalar, qarindoşlar, tibbiyot xodimlari va boşqalar uçun möljallangan. 

Platformaning öziga xos jihati şundaki, sayt materiallari saralanib, Özbekiston madaniyati va an’analariga moslaştirilgan hamda özbek va rus tillarida taqdim etilgan. Masalan, “Bolalar uçun” bölimida ertak qahramonlari asal va novvot qandli diabet haqida gapirib beradi, “Foydali materiallar” bölimida esa özbek milliy taomlari uçun möljallangan non birliklari haqida ma’lumotlar berilgan. Saytda şuningdek, töğri ovqatlaniş, jismoniy faollik, qondagi şakar miqdorini nazorat qiliş, parvariş va atrofdagilarning qöllab-quvvatlaşi muhimligi haqida maslahatlar mavjud. Foydalanuvçilarga qulaylik yaratiş uçun barça materiallarni yuklab oliş mumkin. 

Uzoq kutilgan voqea, platformaning işga tuşişi, 19 may kuni Toşkentda bölib ötdi. Tadbirda şahar va viloyatlardan 60 dan ortiq endokrinologlar, bemorlarni öqitiş böyiça instruktorlar, ÖEMA, RIEITM, Soğliqni saqlaş vazirligi, bemorlarni qöllab-quvvatlaş taşkilotlari vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.  

 Kun dasturidan mutaxassislar iştirokidagi panel muhokamasi örin olgan bölib, unda diabetologiyaning dolzarb masalalari: qandli diabetni tuşunişdagi tösiqlar, şifokor va bemor örtasidagi ongli hamkorlik, bemorlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş dasturlari muhokama qilindi. 

Dasturning eng ta’sirli qismi kasallik bilan qanday yaşayotganliklarini aytib bergan bemorlarning hayotiy hikoyalari böldi. Ulardan biri Aleksandr Ivanoviç Lesnyak "Diabet bilan 50 jasoratli yil uçun" xalqaro Joslin medali sohibidir. Uşbu medal xuddi şu nomdagi Amerikaning diabet böyiça ta’lim va tadqiqot markazi tomonidan diabetga qarşi kuraşda erişilgan yutuqlar e’tirofi sifatida taqdim etiladi.