Jamiyat | 22:18 / 04.11.2016
4950
2 daqiqa o‘qiladi

2016 yil Qoraqalpog‘istonda yangi ish o‘rinlarining 83,8 foizi qishloq joylarida tashkil etildi

Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining kengaytirilgan ko‘chma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilda 49 ming 863 ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, yanvar-sentabr oylarida 38 ming 658 yangi ish o‘rni yaratildi. Yangi ish o‘rinlarining 83,8 foizi qishloq joylarida tashkil etilib, ularning 24,3 foizi xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan.

Hisobot davrida yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan ko‘zda tutilgan reja sanoatda 102,7, xizmat ko‘rsatishda 101,5, qishloq xo‘jaligida 101,2, qurilishda 103,8, to‘xtab qolgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash hisobidan 103,6, tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga kreditlar ajratilishi hisobidan 101,6, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha 100,4 foizga bajarildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 2015-2016 o‘quv yilida 23 ming 747 nafar kollej bitiruvchisi bilan to‘rt tomonlama tuzilgan shartnoma asosida ularni o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirish ko‘zda tutilgan. Yig‘ilishda ushbu masala ijrosiga alohida e'tibor qaratildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev so‘zga chiqdi.

 

Mavzuga oid