Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ellikqal'ada zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi
Bugungi kunda amalga oshirishga qaratilgan eng yirik loyihalardan biri bu maktabgacha ta'lim muassasalarini kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish hisoblanadi. Loyiha “Sog‘lom bola yili” davlat dasturi doirasida ishlab chiqilgan 2015-2020 yillarga mo‘ljallangan maktabgacha ta'lim dasturi ichiga kiradi.
O‘zbekistonda 4950 ta davlat bolalar bog‘chasi mavjud bo‘lib, ularning aksariyatida binolar va maydonlarni kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal'a tumanida ham №4-son 280 nafar o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta'lim muassasasi joriy yil 476 mln. so‘m mablag‘ hisobiga qayta qurilish va ta'mirlash ishlari qilinib, bolajonlar ixtiyoriga topshirildi. Ochilish marosimida tegishli tashkilot muassasa rahbarlari ishtirok etdi hamda №4-son ta'lim muassasasiga homiylar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.





Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025