Jahon | 08:00 / 04.11.2016
6087
3 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik deputat Buyuk Britaniya bosh vaziridan britan hukmronligi vaqtidagi qilmishlar uchun kechirim so‘rashni talab qildi

Foto: Getty Images

Hindistonlik deputat Shashi Txarur Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meydan britaniyaliklar tomonidan Hindistonda 90 yil hukmronlik qilish davrida amalga oshirilgan gunohlar uchun "tiz cho‘kib, kechirim so‘rashni" talab qildi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda

Txarurning aytishicha, Buyuk Britaniya 1858 yildan 1947 yilgacha Hindistondagi hukmronligi davrida mamlakatga o‘rnini qoplab bo‘lmaydigan ziyon yetkazgan. Uning fikricha, Jallianvala-bagxda o‘qqa tutish nomi bilan ma'lum bo‘lgan 1919 yildagi  Amritsar xunrezligi alohida kechirim so‘rashni talab qiladi. O‘shanda britaniyalik polkovnik Redjinald Dayyer buyrug‘i bilan harakat qilgan gurklar o‘qidan 400 ga yaqin tinch hind namoyishchilari halok bo‘lgan. Txarurning ta'kidlashicha, bu voqeaga 100 yil to‘lishiga 3 yil qolayotgan bir paytda "ajdodlarning gunohlari uchun afv so‘rashning ayni vaqtidir". Uch yil avval Buyuk Britaniyaning avvalgi bosh vaziri Devid Kemeron so‘ragan kechirim Txarurni qoniqtirmagan.

"Bu vaziyatda butun xalq boshqa xalqdan kechirim so‘raydi. Kechirim so‘rash zararni moliyaviy qoplashdan muhimroqdir. Odamlar ularning ajdodlari 100 yil avval qilgan ishlari uchun javobgarlikka ega bo‘lmasalar-da, biroq ular aziyat yetkazilmaganlar oldida bo‘lsa ham uzr so‘rashlari kerak", deb aytdi deputat. U bunga 1970 yilda Germaniyaning sobiq kansleri Villi Brandt tomonidan Ikkinchi jahon urushida Varshava gettosidagi g‘alayonni bostirish uchun kechirim so‘rash iltimosini misol tariqasida keltirdi. 

Shashi Txarur Hindiston parlamenti quyi palatasining deputati, mamlakatning sobiq tashqi ishlar vaziri va o‘z vatanida taniqli yozuvchi va siyosatshunos hisoblanadi. Txarurning fikricha, britan hukmronligi Hindistonga adog‘i yo‘q kulfatlar keltirgan, shuning uchun London Nyu-Dehliga 3 trln dollar tovon puli to‘lashi lozim.

 

Mavzuga oid