Qirg‘iziston bosh vaziri: ShHT 15 yil ichida dunyo sahnasida o‘z nufuziga ega bo‘ldi
Shanxay hamkorlik tashkiloti 15 yil ichida dunyo sahnasida o‘z nufuziga ega bo‘ldi va jahon hamjamiyati tomonidan qatta qiziqish mavjud bo‘lgan xalqaro tuzilmaga aylandi, deb aytdi Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Sooronboy Jeenbekov ShHTga a'zo davlatlar bosh vazirlari kengashining 15-yig‘ilishiga yakun yasab.
Eslatib o‘tamiz, 2001 yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi. 2015 yilda ShHTga Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayoni boshlangan. Armaniston, Ozarboyjon, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka tashkilotning hamkorlari hisoblanadi.
"Bu qisqa davr ichida ShHT dunyo sahnasida o‘z nufuziga ega bo‘ldi. Tashkilotga bir qator davlatlarning hamkor sifatida qabul qilinishi, kuzatuvchi davlatlar sonining oshishi hamda Hindiston va Pokistonning tashkilotga qabul qilinishi jarayoni boshlanishi uning geografik xaritasini ancha kengaytiradi", deb qayd qildi Jeenbekov.
Jeenbekovning aytishicha, ShHTga a'zo davlatlar bosh vazirlari kengashi doirasida "tashkilot tarixida birinchi bor qabul qilinayotgan" bir qator hujjatlar imzolandi.
Jeenbekovning ta'kidlashicha, ShHT yo‘llarini rivojlantirish dasturi transport infratuzilmasini rivojlantirish va transport, logistika va kommunikatsiya sohasida o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan. "Dengizga chiqishga ega bo‘lmagan Qirg‘iziston uchun xalqaro avtomobil tashuvlari uchun qulay sharoitlarning yaratilishi juda dolzarb masaladir", deb ta'kidlab o‘tdi Jeenbekov.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024