Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda prezidentga bo‘ysunadigan tergov qo‘mitasi tuziladi
Sadir Japarovning fikricha, tergov qo‘mitasining tuzilishi mamlakatda inson huquqlariga rioya qilinishini yanada samarali ta’minlash imkonini beradi.
Qirg‘izistonda yaqin vaqt ichida tergov qo‘mitasi tuziladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.
"Barcha tergov ishlari ushbu qo‘mitaga beriladi", - dedi u.
Bosh prokuratura hamda harbiy prokuratura mamlakatda qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilishda davom etadi.
Japarovning so‘zlariga ko‘ra, yangi tuzilma to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat rahbariga bo‘ysunadi.
Uning fikricha, tergov qo‘mitasining tuzilishi mamlakatda inson huquqlariga rioya qilinishini yanada samarali ta’minlash imkonini beradi.
Mavzuga oid
20:07
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026