Jahon | 07:30 / 04.11.2016
4957
2 daqiqa o‘qiladi

THAAD RQMTlarning Janubiy Koreyada joylashtirilishi 8-10 oydan keyin yakunlanadi

Foto: Lockheed Martin / Getty Images / Fotobank

AQShning THAAD raketa hujumlariga qarshi mudofaa tizimi Janubiy Koreyada keyingi 8-10 oy ichida joylashtiriladi. Bu haqda AQShning Janubiy Koreyadagi qurolli kuchlari qo‘mondoni general Vinsent Bruks ma'lum qildi.

"THAAD RQMTlarning Janubiy Koreyada joylashtirilishi 8-10 oydan keyin yuz beradi. Bu majmua Guamdagidan kattaroq bo‘ladi", deb general aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi "Ryonxap" axborot agentligi. 

Janubiy Koreya va AQSh 8 iyulda 2017 yilda THAAD majmuasi Koreya yarimoroli janubida joylashtirilishini e'lon qilishgandi. Bu majmua ballistik raketalarning bosh qismlarini parvoz yo‘nalishining o‘rta qismining oxirgi bosqichida va nishonga yaqinlashayotganda ushlash uchun mo‘ljallangan. U AQSh va uning ittifoqdoshlari qo‘shinlarini, shaharlar va muhim obektlarni  ballistik raketalardan himoyalashga qaratilgan.

AQSh va Janubiy Koreyaning bu rejalariga Xitoy va Rossiya tomonidan keskin norozilik bildirilgan. Bu davlatlarning fikricha, bu qadam ularning strategik xavfsizligiga xavf soladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid