Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat departamenti Rossiya bilan Suriya bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga tayyor emas
Foto: Glenn Fawcett
AQSh Suriya muammosi borasida Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyor emas. Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi matbuot brifingida shunday bayonot berdi.
Kirbi xitoylik diplomatning taklifiga shu mazmunda javob bergan. «Biz g‘oya uchun minnatdormiz, biroq, biz Rossiya bilan bu borada ko‘p marta ishlashga urindik», — degan Kirbi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urinishlarning hech biri samara bermagan, chunki Rossiya «o‘z majburiyatlarini bajarmagan».
Jon Kirbi bundan avval Halabdagi gumanitar tanaffuslar shahar tinch aholi vakillariga yordam bermayotganini ta'kidlagan edi.
Mavzuga oid
00:02
Eron zarbalari: cheklangan javobmi yoki katta urush boshlanishi?
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
19:18 / 01.03.2026
Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi
17:35 / 01.03.2026