Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi
Ali Larijoniyning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni mamlakatlarda joylashgan AQSh harbiy bazalari hududi Amerika hududi hisoblanadi.
Foto: REUTERS
Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniy Yaqin Sharqdagi harbiy to‘qnashuvlar fonida qo‘shni mamlakatlarga murojaat qildi.
U Tehron qo‘shni davlatlarga hujum qilmoqchi emasligini bildirdi.
«Biroq agar sizning mamlakatingizda joylashgan bazalardan bizga qarshi foydalaniladigan bo‘lsa va Qo‘shma Shtatlar mintaqada bu bazalardan foydalanib amaliyot o‘tkazadigan bo‘lsa, u holda bu bazalarga zarba beramiz», — deb yozdi u X tarmog‘ida.
Larijoniyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiy bazalari hududi Amerika hududi hisoblanadi.
14 yanvarda Tehron AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini agar AQSh Eronga hujum qilsa, Tehron Yaqin Sharq davlatlari hududidagi AQSh bazalariga zarba berishi haqida ogohlantirgandi.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarbalar berdi. Eron bunga javoban Isroil va AQShning harbiy bazalari joylashgan Bahrayn, Kuvayt, Qatar va BAAga raketa zarbalari yo‘lladi.
Mavzuga oid
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalarning qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
10:25 / 27.05.2026
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
09:55 / 27.05.2026