AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga keng kölamli aviazarbalar berişda Anthropic kompaniyasi işlab çiqqan sun’iy intellektdan foydalandi, deb xabar qildi The Wall Street Journal.

WSJ manbalarining sözlariga köra, butun dunyodagi qömondonliklar, xususan, AQŞning Yaqin Şarqdagi markaziy Anthropic kompaniyasining Claude AI neyrotarmoğidan foydalangan. Centcom bu xabarni izohlaşdan boş tortdi.

Claude — maxfiy harbiy operatsiya doirasida qöllanilgan birinçi neyrotarmoqdir: Pentagon undan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni olib qoçişda foydalangandi.

Avvalroq Tramp barça hukumat idoralariga Anthropic texnologiyalaridan foydalanişni taqiqlagandi. Uning fikriça, bu «radikal söl kompaniya» Pentagonga buyruq bergan va faoliyatini qanday olib borişi kerakligi borasida yöl-yöriq körsatgan. AQŞ prezidentining sözlariga köra, kompaniya Pentagonga bosim ötkazişga va öz şartlariga könişga majbur qilişga uringan.

Tramp va Anthropic örtasidagi nizoga sun’iy intellektdan harbiy maqsadlarda qanday foydalaniş mumkinligi töğrisidagi qaraşlar sabab bölgan. Kompaniya keskin axloqiy çeklovlarga rioya qiliş, masalan, undan amerikaliklarni ommaviy ravişda kuzatiş yoki avtonom ölim quroli tizimlarida foydalanmaslikni talab qilmoqda.

Pentagon esa butunlay boşqa fikrda va harbiy vazifalarni bajarişda har qanday vositadan foydalanişga haqqi borligini da’vo qilmoqda. Mudofaa vaziri örinbosari Emil Maykl Anthropic rahbarini armiyani şaxsan nazorat qilişga urinişda ayblagan.