Jahon | 17:54 / 05.11.2016
18305
1 daqiqa o‘qiladi

Assanj: Klintonning IShIDni kim moliyalashtirayotganidan xabari bo‘lgan

Foto: AP

WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanjning fikricha, Hillari Klintonning IShIDni Saudiya Arabistoni va Qatar hukumati moliyalashtirayotganini bilgani haqidagi elektron nomasi, uning maktublarining mag‘zidir. 

Avvalroq, Assanj Russia Today telekanaliga bergan intervyusida bu xabar Hillari Klintonning 2014 yil boshida Jon Podestaga yo‘llagan maktubida qayd etilganini aytgan edi. 

"Men ushbu maktubni, yozishmalar orasidagi eng muhimi deb hisoblayman", — degan Assanj telekanal efirida.

Assanj shuningdek, Klinton maktublarida Saudiya Arabistoniga 80 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi qurol-yarog‘lar sotilishini ham jiddiy muhokama qilgan. 

Mavzuga oid