Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Lukoyl" yaqin 10 yil uchun mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini ma'lum qildi
Foto: Reuters
"Lukoyl" neft kompaniyasi yaqin 10 yil uchun rivojlanishining uchta asosiy yo‘nalishini tanlab oldi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Kompaniya prezidenti Vagit Alekperov "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida ustuvor yo‘nalishlar orasida neft qazib olish koeffitsiyentini oshirish texnologiyalarini rivojlantirish, qiyin qazib olinuvchi zaxiralarni jalb qilish va chuqur suv ostidan neft qazib olish borligini ma'lum qildi.
"Biz bugungi kunda Lukoyl" kompaniyasi Rossiya, milliy va transmilliy kompaniya ekanligini o‘zimiz uchun anglaganmiz va global bozorda ish olib boramiz", deb aytgan Alekperov.
Alekperovning aytishicha, kompaniyaning 25 yillik ishi davomida eng katta yutuqlaridan biri Kaspiy shimolida yangi neft viloyatining ochilishi bo‘ldi.
Forbes jurnali talqini bo‘yicha, "Lukoyl" Rossiyaning uchta eng yirik kompaniyasi orasiga kiradi. 2016 yil 2-choragida kompaniya sof foydasini o‘tgan chorakka nisbatan 46 foizga, ya'ni 62,57 mlrd rublgacha yetkazgan.
Mavzuga oid
14:20 / 12.01.2026
Ukraina “Lukoyl”ning burg‘ilash qurilmalari yo‘q qilinganini ma’lum qildi
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
11:20 / 17.12.2025
Moldova Kishinyov aeroportidagi «Lukoyl» terminalini musodara qiladi
14:35 / 05.12.2025