Ukraina Mudofaa kuçlari Kaspiy dengizida Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasiga tegişli uçta burğilaş qurilmasiga zarba berdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi yakşanba, 11 yanvar kuni ma’lum qildi.

Gap Vladimir Filanovskiy nomidagi, Yuriy Korçagin nomidagi hamda Valeriy Grayfer nomidagi burğilaş qurilmalari haqida ketmoqda, deyiladi Ukraina QK Boş ştabi Telegram’dagi postida. Ma’lumotlarga köra, ularning barçasi Rossiya armiyasi ta’minoti uçun işlatilgan. “Zarbalar qayd etildi. Yetkazilgan zarar kölami aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

“Ukraina Mudofaa kuçlari Rossiya okkupatsion qöşinlarining harbiy-iqtisodiy imkoniyatlari va hujum salohiyatini tizimli ravişda susaytirişni davom ettirmoqda”, — deb ta’kidlaydi Ukraina QK Boş ştabi.

Rus tilidagi ixtisoslaşgan Neftegaz.ru platformasi ma’lumotlariga köra, Vladimir Filanovskiy nomidagi neft-gaz kondensati koni Kaspiy dengizi şelfining şimoliy qismida, Astraxandan 220 km uzoqlikda joylaşgan. U 2005 yilda oçilgan va 2016 yil oktyabrda sanoat miqyosida ekspluatatsiyaga kiritilgan.

Valeriy Grayfer nomidagi kon (avvalgi nomi — “Rakuşeçnoye”) 2001 yilda oçilgan. U Vladimir Filanovskiy nomidagi konga bevosita yaqin hududda joylaşgan.

Yuriy Korçagin nomidagi kon “Lukoyl” tomonidan 2010 yilda ekspluatatsiyaga kiritilgan. “Konda jami (töplangan) neft qazib oliş hajmi 8,6 mln tonnadan oşadi. Konni özlaştiriş uçun barça dengiz obektlari Astraxan viloyati hududida qurilgan”, — deyiladi kompaniya saytida.