Rossiya kompaniyasining Özbekistondagi eng yirik loyihasi yiliga 8,1 milliard metr kub gazni qayta işlaş quvvatiga ega Qandim gazni qayta işlaş majmuasidir. Şuningdek, mamlakatdagi 13 ta yirik konga egalik qiladi.

Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi AQŞning Carlyle investitsiya kompaniyasi bilan özining xorijdagi biznesi —Lukoil International’ni sotiş böyiça kelişuv imzolaganini ma’lum qildi. Bitim AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) tomonidan ma’qullanişi kerak böladi.  

Carlyle Group —dunyoning eng yirik va eng ta’sirli global investitsiya va aktivlar boşqaruv kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Taşkilotga 1987 yilda Vaşingtonda asos solingan va ayni paytda 474 milliard dollarlik aktivlarni boşqaradi. 

 Nega «Lukoyl» aktivlarini sotyapti?

2025 yil oktyabrida AQŞ hukumati Rossiyaning eng yirik ikki neft kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl»ga qarşi sanksiyalar joriy qilgandi. Şundan keyin «Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotiş böyiça salohiyatli xaridorlardan tuşgan takliflarni körib çiqayotganini ma’lum qildi.

Kompaniya Qozoğiston, Özbekiston, Ozarboyjon, Moldova, BAA, Iroq, Kamerun, Nigeriya, Gana va boşqa mamlakatlarda faoliyat yuritadi, Yevropada neftni qayta işlaş zavodlari va dunyoning 19 mamlakatida yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğiga ega.

Dastlab rus kompaniyasi aktivlarini Gunvor Groupʼga sotiş böyiça kelişuvga erişgandi. Uşbu kompaniya 2000 yilda taşkil etilgan bölib, şved tadbirkori Torbiorn Tornkvist va rossiyalik biznesmen Gennadiy Timçenko tomonidan asos solingan. Timçenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng yaqin odamlaridan biri sifatida köriladi. Şu jihatdan AQŞ bu kelişuvga qarşi çiqdi.

Bloomberg «Lukoyl»ning xorijdagi aktivlari uçun potensial xaridorlar orasida Amerikaning Exxon va Chevron kompaniyalari ham borligi haqida yozgandi. Uşbu kompaniyalar Iroqdagi «Ğarbiy Qurna-2» konidagi uluşga, Abu Dhabi National Oil esa Özbekistondagi gaz operatsiyalariga qiziqiş bildirgandi.

Qozoğiston tomoni «Lukoyl»ning mamlakatdagi loyihalardagi xorijiy aktivlarini özi sotib oliş masalasi böyiça AQŞ rasmiylariga murojaat yöllagan. Bu haqda Qozoğiston energetika vaziri Erlan Aqqenjyenov