Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Liverpul" "Uotford"ni yirik hisobda mag‘lub qildi va turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi
Angliya Premer-ligasining 11-turida "Liverpul" jamoasi o‘z maydonida "Uotford"ni qabul qildi. Uchrashuvni juda yaxshi boshlagan "mersisaydliklar" raqiblari darvozasini birin-ketin ishg‘ol qildi. Dastlab 27-daqiqada Sado Mane hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib esa Filippe Koutino uchrashuvdagi ikkinchi golni urdi, - 2:0. Birinchi taym oxirida Emre Jan yana bir golga mualliflik qildi, - 3:0. Tanaffusdan keyin "qizillar" yana gollar yomg‘irini "Uotford" darvozasi yonida amalga oshirishdi. Firmino, Mane va Veynaldum tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlardan Yanmat bir bor javob qaytardi. Shu tariqa o‘yin 6:1 hisobida "Liverpul"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Natijada, Yurgen Klopp shogirdlari turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Liverpul – Uotford 6:1 (3:0)
Gollar: 1:0 – 27 Mane, 2:0 – 30 Koutino, 3:0 – 43 Jan, 4:0 – 57 Firmino, 5:0 – 60 Mane, 5:1 – 75 Yanmat, 6:1 – 90 Veynaldum.
Liverpul – Karius, Milner, Matip, Klayn, Koutino (Edjaria, 87), Jan, Firmino, Lallana (Starrij, 71), Mane (Veynaldum, 63), Leyva, Xenderson.
Uotford – Gomes (Pantilimon, 33), Kabul, Xolebas, Yanmat, Britos, Kapu, Bexrami (Uotson, 61), Amrabat, Pereyra (Suniga, 86), Igalo, Dini.
Ogohlantirishlar: Xolebas (56), Britos (80), Veynaldum (88).
Manba: tribuna.uz
Mavzuga oid
18:53 / 18.03.2025
Husanovning transfer narxi 35 million yevroga yetdi. Bu – Markaziy Osiyo uchun yangi rekord
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
14:35 / 23.08.2022