Sport | 22:14 / 06.11.2016
6920
2 daqiqa o‘qiladi

"Manchester Yunayted" "Suonsi"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi va omadsiz seriyasiga chek qo‘ydi

Angliya Premer-ligasining 11-turida "Suonsi" jamoasi o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushdi. Joze Mourino shogirdlari uchrashuvni juda yaxshi boshlashdi va 15-daqiqada Pol Pogbaning aniq zarbasidan keyin hisobni ochdi. Oradan biroz vaqt o‘tib esa Zlatan Ibrahimovich katta sahnaga chiqdi. U birin-ketin "oqqushlar" darvozasini ishg‘ol qildi. Bunga esa ikkinchi taymda "Suonsi" a'zosi bir bor javob qaytardi. Shunday qilib, Mourino shogirdlari 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Natijada, "Manchester Yunayted" ketma-ket to‘rt o‘yindagi g‘alabasiz seriyasiga barham berdi. 

Suonsi – Manchester Yunayted 1:3 (0:3)
Gollar:
 0:1 – 15 Pogba, 0:2 – 21 Ibrahimovich, 0:3 – 33 Ibrahimovich, 1:3 – 69 van der Xorn. 
Suonsi – Fabianski, van der Xorn, Kingsli, Ranxel, Mouson, Rautledj (Barrou, 46), Britton (Fer, 70), Ki Son Yen, Sigurdsson, Baston, Lorente (Montero, 46).
Manchester Yunayted – De Xea, Djons, Roxo, Darmian, Mata (Lingard, 81), Pogba, Fellayni, Kerrik, Yang, Runi (Shnayderlin, 89), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Ibrahimovich (76), Mata (80).

 

Manba: tribuna.uz

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid