Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Real" chempionat autsayderiga qarshi o‘yinda yirik g‘alabaga erishdi
Foto: eurosport.com
Ispaniya chempionatining 11-turida "Real" uyda "Leganes"ga qarshi maydonga tushdi. Madridliklar birinchi bo‘limning 38-daqiqasiga qadar liga debyutanti darvozasiga yo‘l topa olmadi. Aynan 38-daqiqaga kelganda Garet Beyl uchrashuvdagi dastlabki golni urishga erishdi. Oradan biroz o‘tib esa Beylning o‘zi bahsdagi navbatdagi golni kiritdi. Shu tariqa tanaffusga "Real" 2:0 hisobida chiqib ketdi.
Ikkinchi bo‘limda yana hujumlar tashkil qilgan "Real" Alvaro Morataning goli evaziga uchrashuvdagi navbatdagi golni kiritishdi, - 3:0. Shunday qilib, o‘yin 3:0 hisobida "Real"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu g‘alabadan keyin "Real" o‘z hisobidagi ochkolari sonini 27taga yetkazib oldi va peshqadamlikni yanada mustahkamladi.
Real Madrid (Madrid) – Leganes (Leganes) – 3:0
Gollar: Beyl, 38 (1:0); Beyl, 45+1 (2:0); Morata, 76 (3:0).
Ogohlantirishlar: Ronaldu, 17; Kroos, 40; Nacho, 41 – Machis, 8; Insua, 42; Mantovani, 61; Omar, 82; Dias, 90+1.
Manba: Tribuna.Uz
Mavzuga oid
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
23:54 / 30.09.2025